Yoshlar korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi
Iqtisodiyot, Geografiya va agronomiya, Filologiya, Sport va Tarix fakultetlarida “Yoshlar korrupsiya va kiberjinoyatchilikka qarshi” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ma'ruzalarda korrupsiyaga qarshi ta’lim yoshlarda bu illatga qarshi dunyoqarash, axloqiy e’tiqod, his-tuyg‘uni shakllantirish va shu bilan birgalikda korrupsiya haqidagi tasavvurlarni yanada kengaytirishga imkon berishi ta’kidlandi. Shuningdek, kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni begonalarga ma’lum qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan tushunchalar berildi. Tadbirlar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.