Universitet talabalari xalqaro olimpiadada ishtirok etmoqda

30-Noyabr 2024, 10:04
Universitet yangiliklari

25-30-noyabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida joylashgan Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universitetida talabalar o‘rtasida kimyo fani bo’yicha III xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tmoqda. Bu yil olimpiadada mezbon Turkmaniston, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Eron, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod talabalar qatnashmoqda. Xalqaro standartlarga muvofiq olimpiada yakkalik va jamoaviy tartibda o‘tkaziladi. Ishtirokchilar murakkab nazariy va amaliy masalalarni yechish bo‘yicha bahslashadilar, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Ahamiyatlisi, olimpiadada Qarshi davlat universiteti Noorganik kimyo kafedrasi dotsenti Nigora Jo‘raqulova boshchiligida kimyo mutaxassisligi  1-bosqich magistranti Shomurodova Marjona Zarif qizi, kimyo ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Zokirov  Aslbek Mirzohid o‘g’li, Boboqulov Baxtishod Norpo‘latovich va Zayriddinova Anora Oybek qizi ishtirok etmoqda. Talabalarimizga ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada omad tilaymiz!