“Milliy liboslar” mavzusida ko'rgazma tashkil etildi.
San'atshunoslik fakulteti Rangtasvir va amaliy san’at kafedrasi o’qituvchilari hamda Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi A.Sattarova tomonidan fakultet talaba-qizlari o'rtasida “Milliy liboslar” mavzusida ko'rgazma tashkil etildi. Unda 2-kurs dizayn: libos va gazlamalar yo’nalishi 023-56-guruh talaba-qizlarining zamonaviy andozadagi milliy liboslar tasvirlangan ijodiy asarlari hamda atlas, adras, beqasamdan tikilgan liboslar namoyish etildi. Ushbu ko’rgazma talaba-qizlarning kiyinish madaniyatini yuksaltirish, bejirim va nafis milliy liboslarni keng targ‘ib etish, o‘zligimiz va qadriyatlarimizga mos kiyimlarning betakror dizaynini qayta tiklash hamda zamonaviylikni uyg‘unlashtirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ko'rgazmada faol ishtirok etgan fakultet talabalari taqdirlandi.