Kafedra mudiri: t.f.n., dots.
Vardiyashvili Afdandil Asqarovich
Telefon: (+99893) 525-14-41
Elektron manzili: qardu_afdandil@edu.uz, vardi41@mail.ru
Kafedra haqida
Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari 2021 sentyabr oyida “Kasbiy ta'lim” va ”Issiqlik fizikasi va energetikasi” bazasida tashkil etildi. 2021 yil sentyabr oyidan unga v.b t.f.n., dots. Vardiyashvili Afdandil Asqarovich mudirlik qilmoqda.
Kafedrada 4 nafar dotsent, 3 nafar katta o’qituvchi va 3 nafar assistent o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 32 %.
Kafedrada 4ta patent olingan, 4 ta monografiya, uslubiy qo‘llanmalar, chet el jurnallarida va xalqaro, respublika miqiyosida konferensiya materiallarida maqola, hamda tezislar chop etilgan
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar: 60711000-Muqobil energiya manbalari (turlari buyicha), 60721200 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi), 61040100-Transport logistikasi (avtomobil transport) va 70530904-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Mazkur yo’nalish bo’yicha hozirda 150 nafar talaba tahsil olmoqda.
Kafedrada o'qitiladigan fanlar:
Bakalavriat 60711000-Muqobil energiya manbalari (turlari buyicha)
· Yo‘nalishga kirish (Muqobil energiya manbalari).
· Shamol energetikasi
· Quyosh energetikasi
· Gidrogazodinamika
· Elektr mashinalari.
· Metrologiya va standartlashtirish
· Ikkilamchi energiya manbalari.
· Issiqlik texnikasining nazariy asoslari.
· Atom elektr stansiyalari va ularning ekspluatatsiyasi
· Quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlari.
· Biomassa energiyasi va ular asosidagi energetik qurilmalar
· Quyosh elementlari, fotoelektrik batareyalar va ularning butlovchi qurilmalarini tayyorlash texnologiyalari
· Kichik gidroelektr stansiyalar
60721200 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi)
· Kasbiy pedagogika
· Kasbiy ta’lim metodikasi
· Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlar asoslari
· Yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi
· Rasm va badiiy grafika
· Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari.
· Kompozitsiya asoslari
· Kostyum va moda tarixi
· Yengil sanoat mahsulotlari loyixalash asoslari
· Kasb mahorati.
· O’quv ustaxonasi
· Libos dizayni
· Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash
· Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi
· Yengil sanoat texnologik jihozlari
· Yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologik jarayonini loyihalash.
61040100-Transport logistikasi (avtomobil transport)
· Mutaxassislikka kirish
· Transport umumiy kursi
· Metrologiya, standartlashtirish va o'zaroalmashuvchanlik
· Logistika
· Transport iqtisodiyoti va menejment
· Avtomobillarda tashish jarayonini modellashtirish
· Transport logistikasi
· Tashish jarayonini boshqarishning intellektual tizimlari
· Shaxar transport tizimini rejalashtirish
· Multimodal tashuvlar texnologiyasi
· Transport tizimlarini boshqarish
· Jamoat transportida tashishni tashkil etish va boshqarish
· Avtomobil transportida yuklarni tashish
Magistratura
70530904-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof -muhit fizikasi
· Quyosh energiyasining fizikaviy asoslari
· Quyosh energetikasining rivojlanish istiqbollari
· Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
· Fotovoltaykaning fizik asoslari
· Amaliy quyosh energetikasi
· Fotovoltayka materiallarning fizikasi
· Fotovoltayka materiallarning optik xususiyatlari
· Quyosh energetikasi materialshunosligi
· Quyosh elementlarning optikasi va spektroskopiyasi
Kafedra professor - o'qituvchilari tarkibi:
· Vardiyashvili Afdandil Asqarovich, dotsent
· Teymurxanov Anvar texnika fanlari nomzodi, dotsent
· Bobojonov Yo‘ldosh Tilovovich, dotsent
· O‘tayev Sobir Achilovich, dosent
· Zoxirova Shaxnoza Murodillayevna,о‘qituvchi
· Vardiyashvili Asfandiyor Asqarovich, katta o’qituvchi
· Raxmonov Farhod Gapparovich, katta o’qituvchi
· Daminova Yulduz Salimovna, о‘qituvchi
· Karimova Salima Elomonovna, о‘qituvchi
· Karimov Baxodir Safarovich, о‘qituvchi
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi tо‘g‘risida”gi PQ-3012-sonli qaroriga muvofiq olib boriladigan ilmiy-tadqiqot va amaliy izlanishlarga о‘z e’tiborini qaratgan Qarshi davlat universiteti olimlari Yevropa ittifoqining “Erasmus” dasturi asosida bajariladigan ishlarga faol ishtirok etmoqdalar. Ulardan biri “RENES: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasida magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi hisoblanadi.
Loyiha grantxolderi-Italiyaning L`Akuila universiteti hisoblanib, uni amalga oshirishda Yevropaning 4 ta OTMlari ya’ni, Italiyaning L`Akuila Universiteti bosh koordinator, Germaniyaning Berlin Texnika Universiteti, Shvesiya Texnologiya Qirolligi instituti,Bolgariyaning Sofiya Ximiya-texnologiya va metallurgiya Universiteti UCTM (BL) va О‘zbekistondagi 6ta OTMlari hamda noakademik tashkilotlar ishtirok etmoqdalar.
Loyiha 3 yilga (2016-2019 yy) mо‘ljallangan bо‘lib, uning maqsadi: О‘zbekiston davlat muassasalari, sanoati ekologik va energiya muammolarini mahalliy va mintaqaviy darajada hal qilishga ega bо‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit sohasidagi mutaxassis – muhandisning yangi profilini yaratishdan iborat.
Yuqorida zikr qilingan “RENES” loyihasini va unga quyilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida universitetda dots.A.A.Vardiyashvili boshchligida ishchi guruh shakllantirilgan.
Mazkur loyiha doirasida Ispaniyaning “EDIBON” firmasi tomonidan “Kompyuterda boshqariladigan quyosh elektr energiya oluvchi qurilma”si va “Kompyuterda boshqariladigan quyoshdan issiqlik energiya oluvchi laboratoriya qurilma”lari о‘rnatilib, amaliy tajriba sinovlari о‘tkazildi.
Kafedrada ilmiy salohiyatni oshirish uchun barcha yosh o‘qituvchilar tajribali o‘qituvchilarga biriktirilgan. 3 nafar o‘qituvchi doktorlik ilmiy ishi ustida ishlamoqda. Kafedra qoshida ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedra O‘zR FA Fizika-texnika instituti, Energetika vazirligi xuzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Milliy universitetining "Fizika" kafedrasi, Ғузор саноат техникуми va ko‘pgina respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik asosida faoliyat olib bormoqda.
Ishlab chiqarish korxonalaridan “Qashkadaryo viloyati issiqlik manbai”DUK, “Xisorak GES” unitar korxonasi, xodimlari bilan shartnoma asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedra qoshida “Yosh energetiklar” to‘garagi faoliyat ko‘rsatadi, unga 20 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan.
Kafedrada 2 ta o‘quv laboratoriyasi mavjud. Bundan tashqari "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari" va Gelioenergetika sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Magistrlar magistrlik dissertatsiyalarini bajarishmoqda.
Kafedraning ikkita professor-o‘qituvchisi A.A.Vardiyashvili, Y.T.Bobojonovlar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiladigan ixtisoslashgan ilmiy kengashga a’zodirlar.
Kafedra a’zolari Xalqaro, respublika, viloyat va universitet miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zlarining maqola va tezislari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Erasmus+ loyihasi doirasida Ispaniyaning “EDIBON”firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Kompyuterda boshqariladigan quyosh elektr energiya oluvchi qurilmasi” firma mutaxassisi tomonidan o’rnatildi, ushbu qurilmalda amaliy tajriba sinovlari о‘tkazilmoqda.
Kafedra mudiri 2021 yil 23-27 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro innovatsion g‘oyalar xaftaliligi “Inno Week.Uz-2021”da ishtirok etdi.
Qarshi davlat universiteti geliopoligonidagi “Gelioteplitsa”da tajriba mashg`ulotlarida
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasida tashrif buyurdi.
2022 yilning 3-4 iyun kunlari Fizika fakulteti Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedrasi tomonidan “Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari ” mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani tashkil etildi.
Muqobil energiya manbalari yunalishi talabalari malakaviy amaliyotidan lavxalar
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
1.“Energiya resurslarini tejashda alternativ energiya manbalaridan foydalanish muammomlar va yechimlar”
2.“Noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishda energiya tejamkorligi”,
Kafedra manzili: Fizika fakulteti, 4-qavat.
Muqobil va qayta tiklanuvchi
energiya manbalari kafedrasi mudiri: dots.A.A.Vardiyashvili