Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvi
Joriy yilning 12-mart kuni Xorijiy tillar fakultetida “Global Education in Karshi” Nodavlat ta‘lim muassasasi rahbari Sardor Sodikov hamda Yangi O’zbekiston universiteti professori Michelli Gaddy ishtirokida “Xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvi” mavzusida ilmiy-metodik tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida G.Michelle va S.Sodikov talabalarga xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik usullardan samarali foydalanish haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
Bundan tashqari, fakultetining 3-4-bosqich talabalari uchun “Global Education in Karshi” NTM tomonidan grant loyiha e‘lon qilindi. Loyihada g‘olib bo‘lgan talabalar ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo''ladilar. Tadbir bahs-munozara va savol-javoblarga boy bo’ldi. Tadbirda faol qatnashgan talabalar “Global Education in Karshi” Nodavlat ta‘lim muassasasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.