QarDUda bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Karyera kuni” o‘tkazildi
Qarshi davlat universitetida bitiruvchi talabalar uchun “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda 50 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona hamda muassasalar vakillari ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va mehnat bozoridagi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar. Bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish faoliyatini boshlash yuzasidan tavsiyalar oldilar. “Karyera kuni” davomida rezyume tayyorlash, ish suhbatlaridan muvaffaqiyatli o‘tish hamda kasbiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatlar berildi. Tadbir yakunida davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari tomonidan 300 nafardan ortiq vaqtincha ishsiz bitiruvchi talabalar bilan shartnomalar imzolandi. Tadbir ko‘plab bitiruvchilar uchun kelgusi kasbiy faoliyat sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.