Navro‘z shukuhi sport maydonlarida: G‘oliblar aniqlandi!

26-Mart 2026, 09:48
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol (erkaklar) hamda voleybol (xotin-qizlar) turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Samimiy va do‘stona ruhda kechgan bellashuvlar yakunida quyidagi jamoalar shohsupani egallashdi:

Mini-futbol (erkaklar):
1-o‘rin: Sport fakulteti jamoasi;
2-o‘rin: Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi jamoasi;
3-o‘rin: Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi jamoasi.

Voleybol (xotin-qizlar):
1-o‘rin: Kimyo-biologiya fakulteti jamoasi;
2-o‘rin: Xorijiy tillar fakulteti jamoasi;
3-o‘rin: Filologiya fakulteti jamoasi.

G‘olib va sovrindor jamoalar universitet Xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.