Qarshi davlat universiteti talabalari xalqaro almashinuv dasturida ishtirok etmoqda

19-Mart 2026, 11:43
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Asal Faxriddinova hamda Farangiz Iskandarova Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Ansin pedagogika universitetiga “Student Exchange Program” (talaba almashinuv dasturi) asosida qabul qilindi. Ayni paytda talabalar bahorgi semestr davomida mazkur universitetda tahsil olib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash bilan birga, xalqaro tajriba orttirishmoqda. Ushbu imkoniyat talabalarning xorijiy tillarni chuqur o‘rganishi, turli madaniyatlar bilan yaqindan tanishishi hamda kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.