Navro‘z ayyomi shukuhi – fakultetlarda bayram tadbirlari
Qarshi davlat universitetida Navro‘z bayrami munosabati bilan fakultetlarda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan, Ijtimoiy fanlar fakultetida o‘tkazilgan bayram dasturida Ijtimoiy ish hamda Psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda dasturiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan she’rlar aytildi va turli ijodiy chiqishlar ijro etildi. Namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayramona muhitni yanada boyitdi. Shuningdek, Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim 023-48-guruh talabalari tomonidan “Assalom Navro‘z” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida arqon tortish, lapar aytish, kelin salom kabi xalq o‘yinlari hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bayramga o‘zgacha shukuh baxsh etdi. Ayni paytda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari universitetning boshqa fakultetlarida ham davom etmoqda.