Qarshi davlat universitetida “Yashil makon” doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi

17-Mart 2026, 09:07
Universitet yangiliklari

Jumladan, Filologiya fakultetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi, Qashqadaryo viloyat partiya tashkiloti, viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda universitet hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik aksiya o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Noiba Inoyatova, viloyat partiya tashkiloti faollari, ekologiya sohasi vakillari, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar, “Yosh ekopatrul” volontyorlar jamoasi ishtirok etdi. Aksiya davomida fakultet hududidagi yer maydoniga iqlimga mos 100 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari – yasin, pavlovniya, mojjevelnik, tut va katalpa ekildi. Mutaxassislar tomonidan talabalarga daraxt ekish texnologiyasi, parvarishlash va sug‘orish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ekilgan daraxtlarni parvarishlash uchun mas’ullar biriktirildi. Aksiya doirasida faol talabalar taqdirlandi.