"Yoshlar — giyohvandlikka qarshi!’ tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

17-Mart 2026, 08:51
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi!” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi insholar” tanlovlarining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarni kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Natijalar:

“Eng yaxshi insholar” bo‘yicha:
1-o‘rin – Xorijiy tillar fakulteti 1-kurs talabasi Sevinch Rahimqulova 
2-o‘rin – Tibbiyot fakulteti 2-kurs talabasi Sevinch Ergasheva 
3-o‘rin – Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Parizoda Dilmurodova 

“Eng yaxshi rasmlar” bo‘yicha:
1-o‘rin – San’atshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi Amina Jumaboyeva 
2-o‘rin – Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-kurs talabasi Dilafruz Boysariyeva 
3-o‘rin – Pedagogika fakulteti 1-kurs talabasi Ozoda Mo‘minjonova 

G‘oliblar tanlovning mintaqaviy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.