Yoshlar kuni:Talabalar bilan ochiq muloqot
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazish an’anasi doirasida Qarshi davlat universitetida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Sport fakultetida bo‘lib o‘tgan tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov, fakultet professor-o‘qituvchilari va tyutorlari ishtirok etdi. Mehmonlar sifatida Qashqadaryo viloyati IIB vakillari – podpolkovniklar G‘.Isamov, O.Xamidov va kapitanlar M.Bashirov, B.Ergashev taklif qilindi. Uchrashuv davomida yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy bilimlarni oshirish, zararli g‘oya va illatlardan himoya qilish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ichki ishlar organlarining faoliyati, huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot olishdi.