Diqqat e'lon!

13-Yanvar 2026, 09:02
E’lonlar

Qishki “perevod” uchun arizalar qabuli davom etmoqda 

Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilgan.

Endi ariza topshirish muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) davom etadi.

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikadagi bir OTMdan ikkinchisiga o’qishni ko’chirish yoki o’qishni tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz sayti yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi. 

Talab etiladigan hujjatlar:

akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
o‘qishni ko‘chirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.

Muhim eslatmalar:

Bahorgi semestr oldidan bir OTMdan boshqasiga “o‘qishni ko‘chirib tiklash” bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi;
Ariza topshirish jarayonida kiritilayotgan maʼlumotlar va yuklanadigan hujjatlarni yuborishdan oldin diqqat bilan tekshirib chiqish soʻraladi. Sababi ariza yuborilgandan soʻng uni tahrirlash imkoni mavjud emas.

Arizalar belgilangan tartibda OTMlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan 21-yanvardan 10-fevralgacha ko‘rib chiqiladi va natijasi yuzasidan talabgorlarga ma’lum qilinadi.

Ma'lumot uchun, o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi 2 ta uzrli sabab mavjud. Bular:

talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Qarshi davlat universitetiga bog'lanish quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling
+99891 635 36 12
+99890 866 30 86