Bolalar kiyimlari dizayni namoyishi
21-Noyabr 2025, 11:47
Universitet yangiliklari
Qarshi shahridagi “Temuriylar” nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida San’atshunoslik fakulteti Rangsatvir va amaliy san’at kafedrasi “Dizayn: libos va gazlamalar” yo‘nalishi 4-kurs talabalari tomonidan “Bog‘cha yoshidagi bolalar kiyimlari dizayn loyihasini ishlab chiqish” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.Tadbir davomida talabalar yaratgan bolalar kiyimlari namoyishi va fotossessiyasi tashkil etildi. Unda bog‘cha tarbiyalanuvchilari, murabbiylar, bitiruvchi talabalar hamda kafedra o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.