 
							
							“Sho‘rtan GKM” stipendiyasi uchun saralash boshlandi
“Sho'rtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2025-2026 o'quv yili uchun navbatdagi stipendiya dasturi e'lon qilindi Bugun Kimyo-biologiya fakulteti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining 4-bosqich talabalari va magistratura mutaxassisliklarining 2-bosqich magistrantlari ishtirokida "Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MChJning Stipendiya dasturi doirasida sinov imtihonlarining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Stipendiya dasturi kimyo, biologiya va biotexnologiya yo'nalishlari bo'yicha o'tkazildi. Stipendiya dasturi gʻoliblariga 2025-2026 oʻquv yili yakuniga qadar stipendiya toʻlab boriladi. Stipendiya dasturi bir necha bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqich imtihon natijalari majmuaning rasmiy veb-sayti www.sgcc.uz (https://sgcc.uz/) va @sgcc_uzb telegram kanali orqali e'lon qilib boriladi.