 
							
							“Qiziqarli fitovirusologiya” bellashuvi
31-Oktabr 2025, 10:50
								Universitet yangiliklari	
							Kimyo-biologiya fakulteti Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi 2-kursining iqtidorli talabalari uchun Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi o‘qituvchisi Erkin Eshonqulov tomonidan “Qiziqarli fitovirusologiya” mavzusida bellashuv tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar fitoviruslarni ajratib olish, fitoviruslarni mexanik usulda yuqturish hamda o‘simlik viruslarini indikator o‘simliklar yordamida aniqlash bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuv jarayonida talabalar virusologiya fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlab, o‘zaro qiziqarli savol-javoblar tarzida bilim almashdilar.