Zamonaviy stoxastik modellar va aktuar matematika muammolari

21-Noyabr 2025, 11:41
Universitet yangiliklari

11–14-noyabr kunlari Qarshi davlat universitetida “Zamonaviy stoxastik modellar va aktuar matematika muammolari” (Modern stochastic models and problems of actuarial mathematics – MAMMOTH 2025) nomli xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tmoqda. Konferensiya materiallari Germaniyaning nufuzli Springer nashriyoti tomonidan chop etilishi rejalashtirilgan. Joriy yilgi anjumanda nafaqat yurtimizning, balki Rossiya, Gruziya, Hindiston, Kanada, Shveytsariya, Italiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Nigeriya, Bangladesh kabi qator xorijiy davlatlardan olimlar oflayn va onlayn shaklda ishtirok etmoqda. Konferensiya plenar yig‘ilishi va sho‘balarida stoxastik modellashtirish, ehtimollik va statistik tahlil, moliyaviy va aktuar matematika, dinamik tizimlar, shuningdek, matematik ta’limdagi zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinmoqda. Anjuman yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy tajriba almashish, yangi loyihalar va hamkorliklar yo‘lida muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.