Kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan
21-Noyabr 2025, 11:38
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universiteti xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi Qonunning mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Norov Mehnat Kodeksi, Konstitutsiya va jamoa shartnomalarining o‘zaro bog‘liqligi hamda mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Davra suhbati yakunida “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” va Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.