O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlab sport musobaqalari o‘tkazildi

21-Noyabr 2025, 11:38
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Mazkur musobaqalarda mini-futbol, voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha jamoalar o‘zaro bellashishdi. Bahslar yuqori kayfiyatda, do‘stona muhitda va qizg‘in raqobat ruhida o‘tdi.

Musobaqalar natijalari quyidagicha:

Mini-futbol:
Sport fakulteti jamoasi
Rektorat jamoasi
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi jamoasi

Voleybol:
Xorijiy tillar fakulteti jamoasi
Pedagogika fakulteti jamoasi
Kimyo-biologiya fakulteti jamoasi

Shaxmat:
Xolmo‘min Ismatov (Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” bo‘limi)
Dilshod Normurodov (Fizika fakulteti)
Jasur Xurramov (Sport fakulteti)

G‘olib va sovrindorlar Qarshi davlat universiteti xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.