“Antikorrupsiya bilimdoni” tanlovining 4-bosqich ishtirokchilari aniqlandi!

21-Noyabr 2025, 11:36
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Biz – Yangi O‘zbekiston avlodmiz! Korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Antikorrupsiya bilimdoni” tanlovining dastlabki bosqichlari yakunlandi. Tanlovning maqsadi — talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishдан iborat.

Yakuniy — 4-bosqichga quyidagi fakultet jamoalari yo‘l oldi:
Tarix fakulteti
Tibbiyot fakulteti
Fizika fakulteti
Pedagogika fakulteti
Xorijiy tillar fakulteti

G‘oliblar faxriy yorliq va quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
3 500 000 so‘m
2 500 000 so‘m
2 000 000 so‘m