“Korrupsiyani emas, bilimni tanla!” tanlovi

21-Noyabr 2025, 11:35
Universitet yangiliklari

Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Korrupsiyani emas, bilimni tanla!” mavzusida rasmlar tanlovining oliygoh bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet bosqichlarida g‘olib chiqqan talabalar korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va adolat tamoyillarini yoritgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.

Natijalar:
1-o‘rin — Rabbimova Gulsevar Ilhom qizi, San’atshunoslik fakulteti, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi, 2-kurs talabasi
2-o‘rin — Muhammadiyeva Shahnoza Jamshidovna, San’atshunoslik fakulteti, Dizayn (libos va gazlamalar) yo‘nalishi, 2-kurs talabasi
3-o‘rin — O‘roqov Beknur Zulfiqor o‘g‘li, San’atshunoslik fakulteti, Rangtasvir (dastgohli) yo‘nalishi, 1-kurs talabasi

G‘oliblar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin — 1 600 000 so‘m
2-o‘rin — 1 300 000 so‘m
3-o‘rin — 1 000 000 so‘m