TEDx Qarshi State University — “Ideas worth spreading”

21-Noyabr 2025, 11:33
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida ilk bor TEDx Amir Temur Street Youth loyihasi bo‘lib o‘tdi! Tadbirning asosiy tashabbuskori va TEDx litsenziyasi egasi — Asilbek Sag’dullayev. Tadbir Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida tashkil etildi. Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishda fakultetning Marketing yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Abdulaziz Kenjayev Event Manager sifatida faol ishtirok etib, tadbir muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynadi. Bosh mehmon-spiker sifatida Sardor Sodiqov, shuningdek, Turizm yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Aziza Nasriddinova o‘z hayotiy tajribalari, qarashlari va motivatsion fikrlari bilan talabalarni ilhomlantirdilar.Tadbir yakunida barcha spikerlar va tashkilotchilarga sertifikatlar topshirildi.