Vatanparvarlik — yoshlar e’tiqodi mezoni

21-Noyabr 2025, 11:30
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetining Tarix, Matematika va kompyuter Ilmlari hamda Fizika fakultetlarida “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik” va “O‘zbek yigit – mustaqillik posboni” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari tashkil etildi. Uchrashuvlarda Qashqadaryo viloyat IIB mas’ul xodimlari — M.Mahmadmurodov, A.Xidirov, M.Bashirov, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, Talabalar xavfsizligini ta’minlash bo‘limi, “Qalqon” ko‘ngilli talabalari guruhi, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqbuzarliklarning oldini olish, internet makonida xulq madaniyatiga rioya qilish va kiberxavfsizlik masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.