Talabalar IT Parkda

21-Noyabr 2025, 11:26
Universitet yangiliklari

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori Umidaxon Choriyeva Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 1-bosqich talabalari bilan birgalikda IT Parkga tashrif uyushtirdi. Tashrif chog‘ida IT Park mutaxassislari talabalar bilan uchrashib, axborot texnologiyalari sohasi, startap ekotizimi va innovatsion loyihalar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, yosh dasturchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tanishtirildi. Uchrashuv davomida talabalar IT Park faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohaga oid amaliy tajriba va foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.