Qarshi davlat universiteti – Osiyodagi eng nufuzli universitetlar qatorida!

21-Noyabr 2025, 11:24
Universitet yangiliklari

Nufuzli xalqaro QS (Quacquarelli Symonds) tashkiloti “QS Asia University Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi. Ushbu reyting natijalariga ko‘ra, Qarshi davlat universiteti Osiyoning ikki mingga yaqin universitetlari orasidan top-mingtalikdan o‘rin egalladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo universitetlari orasida top-100 talikka kirib, 52-o‘rinni egalladi. Bu — universitetimiz tarixidagi navbatdagi muhim yutuq bo‘lib, xalqaro maydonda Qarshi davlat universitetining ilmiy salohiyati, ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikdagi faoliyati yuksak baholanganini ko‘rsatadi. Bu natija butun universitet jamoasining fidokorona mehnati, izlanishlari va strategik rivojlanish yo‘nalishining amaliy natijasidir. Qarshi davlat universiteti jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz!