Ilm – muvaffaqiyat kaliti

21-Noyabr 2025, 11:21
Universitet yangiliklari

Oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida millatlararo totuvlik va birdamlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Bizning umumiy uyimiz”mavzusi doirasida Qarshi davlat universitetida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Karamova ochib berib, yoshlar ongida totuvlik, hurmat va bilimga intilish qadriyatlarini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Uchrashuvda Kimyo-biologiya fakulteti talabasi Anora Zayriddinova so‘zga chiqib, 15–17-oktyabr kunlari Ashxobod shahrida o‘tkazilgan IV Xalqaro kimyo olimpiadasida qo‘lga kiritgan kumush medali haqida so‘zlab berdi. Anora o‘z nutqida orzular sari ilm, mehnat va ishonch bilan intilish insonni muvaffaqiyatga eltishini aytib, o‘quvchilarni doimo izlanishga chorladi. Shuningdek, universitet o'qituvchilari, Qarshi shahri 7-umumta’lim maktabining rus tili o‘qituvchisi Azima Zaynutdinova hamda maktabning iqtidorli o‘quvchi qizlari ham o‘z fikrlarini bildirib, ta’lim va totuvlik jamiyat yuksalishining muhim omili ekanini qayd etishdi. Uchrashuv samimiy va ilhomlantiruvchi ruhda o‘tib, yoshlar qalbida bilimga chanqoqlik, ishonch va birdamlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.