Iqtisodiyot fakulteti talabalari “Texnopark” faoliyati bilan tanishdilar

21-Noyabr 2025, 11:07
Universitet yangiliklari

Kuni kecha Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-bosqich iqtidorli guruh talabalari amaliy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish maqsadida Texnopark faoliyatini yaqindan o‘rganib qaytdilar.Tashrif davomida talabalar Texnoparkdagi innovatsion kurslar, to‘garaklar va startap loyihalar bilan tanishdilar. Ular bu yerda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilg‘or texnologiyalar va yangi biznes g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi haqida batafsil ma’lumot oldilar. Eng quvonarlisi shundaki, bir necha talabalar “Startaplar to‘garagi”ga a’zo bo‘lib, o‘z ijodiy va tadbirkorlik g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday tashriflar yoshlar uchun nafaqat bilim, balki ilhom manbai hamdir.