“Kitobxon tyutor” tanlovi o‘tkazildi

21-Noyabr 2025, 11:06
Universitet yangiliklari

Mazkur tanlov Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilib, uning asosiy maqsadi tyutorlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlaridan Gulasal Abdurahimova, 2-o‘rinni Sarvar Haqqulov, 3-o‘rinni esa Zuhriddin Xurramov egalladi.

G‘olib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin — 3 000 000 so‘m,
2-o‘rin — 2 000 000 so‘m,
3-o‘rin — 1 000 000 so‘m.