Qashqadaryoda “Promising IT Projects” ideatoni yakuniga yetdi!
IT Park Uzbekistan tomonidan 2025-yil 24–25-oktabr kunlari tashkil etilgan ideaton yoshlarning texnologik tafakkurini rivojlantirish va ularning g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirishga xizmat qildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin – Fabric AI jamoasi,
2-o‘rin – Yammiy jamoasi,
3-o‘rin – XIU (Xalqaro innovatsion universitet) jamoasi.
Qarshi davlat universiteti Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalishi 2-bosqich iqtidorli talabalari ham “GIFTLY” va “O‘qishTime” loyihalari bilan ishtirok etishdi. “GIFTLY” jamoasi a’zolari Bobomurodova Nargiz Shuxratjon qizi va Sharipova Feruza Akramovna “RISING STAR” nominatsiyasi g‘oliblari deb topilib, IT Park Uzbekistan tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.