Jamg‘arish – moliyaviy erkinlik kaliti!
21-Noyabr 2025, 11:02
Universitet yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, jamg‘arish madaniyatini shakllantirish maqsadida “World Saving Day” xalqaro ta’lim tadbiri doirasida Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Tanlov ikki bosqichda — kreativ videorolik (jamg‘arishning ahamiyati va afzalliklarini yoritish) hamda taqdimot (g‘oyaning to‘liqligini asoslash) shaklida tashkil etildi.
Natijalar:
Sarvinoz Rustamova — (sertifikat va noutbuk)
Shahob Doniyev — (sertifikat va telefon)
Diyorbek Ergashov — (sertifikat va smart-soat)
Faol ishtirokchilar Markaziy bankning sertifikatlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.