Ijtimoiy ish va hamkorlik!
21-Noyabr 2025, 11:00
Universitet yangiliklari
Tarix fakultetining Ijtimoiy ish yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun soha mutaxassislari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Falsafa va sotsiologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qashqadaryo viloyati hududiy markazi huquqshunosi A. Shonazarov ishtirok etdi. O‘zaro hamkorlik doirasida o‘tkazilgan mazkur seminar-treningda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan ijtimoiy ish olib borish texnologiyalari, turli zo‘ravonlik shakllaridan jabr ko‘rgan shaxslarni, xususan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonida ijtimoiy ish xodimining funksional vazifalari xususida fikr almashildi.