Buyuklar merosi – mangu shamchiroq!

21-Noyabr 2025, 10:52
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti talabalari darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida muqaddas qadamjolarga ziyoratlar uyushtirib kelmoqda. Shu maqsadda 2025-yil 30-oktyabr kuni Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori O.Qiyamov boshchiligida Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 1-bosqich talabalari Qarshi tumanining Qovchin qishlog‘ida joylashgan, kalom ilmining yirik namoyandasi Abu Muin Nasafiy qadamjosiga tashrif buyurib, XI asrga oid majmua tarixi bilan tanishdilar.