
Xalqaro hamkorlik
Joriy yil avgust–sentyabr oylarida Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent A.Zoirova Fransiyaning Sorbonna universitetida stajirovka o‘tab, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida Fransiyaning INALCO instituti ilmiy tadqiqotchisi, Lion universiteti FLE (French Foreign Language) mutaxassisi Ermuye Mariyus Tituan joriy o'quv yilidan Qarshi davlat universiteti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasida faoliyat boshlaydi. 17-sentyabr kuni A.Zoirova va fransiyalik mutaxassis Tituan hamkorligida “Intelligence Artificielle: notre nouvel assistant dans l'éducation” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida foydalanishning yangi imkoniyatlari bilan tanishdilar. Kelgusida fransiyalik mutaxassis bilan qator loyihalar amalga oshirilishi hamda Qarshi davlat universiteti qoshidagi “Institut Français de Karshi” markazida Français+Tourism, Français+Biznes, Gid–tarjimonlik, DELF-DALF tayyorgarlik kabi kurslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.