Rahbar va yoshlar uchrashuvi

22-Sentabr 2025, 11:02
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Ismoilov Abduvoxid Salomovich ishtirok etdi. Muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi hamda iste’dod va iqtidori yuzaga chiqishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi. Polkovnik Abduvoxid Ismoilov shuningdek, o‘zining xizmat faoliyati va erishgan yutuqlari haqida yoshlarga so‘zlab berdi. U yoshlarni bugungi imkoniyatlardan unumli foydalanishga, muntazam o‘qib-o‘rganishga, aniq maqsad sari intilish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashga undadi. Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Ta’kidlash joizki, bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy va aqliy kamolotiga xizmat qilib, ularda sog‘lom raqobat, kelajakka ishonch va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.