
“Qizlarjon” klubi faoliyati yangilandi
22-Sentabr 2025, 10:57
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universitetida “Qizlarjon” klubi tarkibi yangilandi. Yangi tarkib a’zolariga 2025–2026 o‘quv yili uchun namunaviy ish rejasi asosida tushuntirishlar berildi. Sentyabr oyida klub tashabbusi bilan faxriy onaxonlar, ibratli qaynonalar va kelinlar, psixolog hamda onalar ishtirokida “Qiz bolaning baxti – chiroyli muomalasida”, “O‘zbek qizining qiyofasi” mavzularida davra suhbatlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu suhbatlarga ta’lim muassasasidagi barcha talaba-qizlar jalb etilishi ko‘zda tutilgan.