Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

22-Sentabr 2025, 10:56
Universitet yangiliklari

Fizika fakulteti talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Akramov hamda “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Ahmedov ma’ruza qilib, yoshlarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy tahdidlardan asrash va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.Tadbir davomida talaba-yoshlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bu kabi uchrashuvlarning ularning dunyoqarashi va ma’naviy olamini boyitishda muhim o‘rin tutishini qayd etdilar. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” islohotlarini aks ettirgan videolavha ham namoyish etildi.