Zakovat – bilimdonlar bellashuvi

22-Sentabr 2025, 10:54
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 15-sentyabr kuni Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori G.Abdurahimova tashabbusi bilan 7-sonli talabalar turar joyida qiziqarli “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuvda “Zukkolar”, “Quvnoqlar”, “Uch mushketyor” va “Moychechak” jamoalari o‘zaro bilim va ziyraklikda kuch sinashdilar. Bahs jarayoni qizg‘in, murosasiz va maroqli tarzda o‘tdi. Intellektual o‘yinda barcha jamoalar faol ishtirok etgan bo‘lsalar-da, yakunda “Moychechak” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.