
Profilaktik tadbir
6-Sentabr 2025, 07:11
Universitet yangiliklari
Universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov Xorijiy tillar, Matematika va kompyuter ilmlari, Tibbiyot, Fizika va Tarix fakultetlarining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi. Dastlab, inspektor o‘zini tanishtirib, faoliyat yo‘nalishlari haqida so‘z yuritdi. Uchrashuvlar davomida universitetning Odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, kiberjinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illatlardan ogoh bo‘lish, hushyorlikni qo‘ldan bermaslik zarurligi ta’kidlandi. Talabalarda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish muhim vazifa ekani alohida qayd etildi.