
Tabriklaymiz!
Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Avlaqulova Dilnura Karimqul qizini yurtimiz talaba-yoshlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida o‘tkazilgan "Eng yaxshi esselar" respublika tanlovining yakuniy bosqichida munosib ishtirok etgani, ijodiy ishlari orqali faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgani va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz! Ushbu yutuq — nafaqat Dilnuraning shaxsiy g‘alabasi, balki Qarshi davlat universitetining sha’ni va nufuzini yuksaltiruvchi, yosh avlodning adolat, halollik va fidoyilik kabi ezgu tamoyillarga sodiqligini ifodalovchi muhim qadamdir. Sizga kelgusi faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar, boy ijodiy ilhom va bardavom zafarlar tilaymiz!