Qarshi davlat universiteti THE Impact Rankings 2025 reytingida salmoqli yutuqlarga erishdi

30-Iyun 2025, 07:54
Universitet yangiliklari

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan Global Sustainable Development Congress doirasida Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2025 natijalari e’lon qilindi. Ushbu reyting universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDG) bo‘yicha jamiyat va atrof-muhitga qo‘shayotgan real hissasiga asoslangan holda shakllantiriladi. Qarshi davlat universiteti THE Impact Rankings 2025 reytingida 1500 talikdan joy egallab, o‘tgan yilga nisbatan sezilarli yuksalishga erishdi. Jumladan, agar 2024 yilda universitetimiz 5 ta SDG yo‘nalishi bo‘yicha TOP-1000 talikka kirgan bo‘lsa, bu yil bu ko‘rsatkich 9 ta yo‘nalishga yetdi.

Quyidagi yo‘nalishlarda universitet yuqori natijalarni qayd etdi:
◾️“Life Below Water” – 601+
◾️"Life on Land" – 601–800
◾️“Zero Hunger” – 601–800
◾️“Affordable and Clean Energy” – 601–800
◾️“Responsible Consumption and Production” – 801+
◾️“Clean Water and Sanitation” – 801–1000
◾️“Climate Action” – 801–1000
◾️“Industry, Innovation and Infrastructure” – 801–1000
◾️“Sustainable Cities and Communities” – 801–1000

Shuningdek, qolgan 8 ta yo‘nalishlarda ham universitet 1000–1500 talik ro‘yxatdan joy oldi. Bu natijalar Qarshi davlat universitetining ijtimoiy mas’uliyat, ekologik barqarorlik va innovatsiyalarga sodiqligini tasdiqlaydi.