Pazandalik – nafosat, orastalik va madaniyat

23-Iyun 2025, 12:12
Universitet yangiliklari

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qarshi davlat universitetida talaba qizlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir “Talaba qizlar – pazanda qizlar” mavzusida tashkil etildi.Mazkur tadbir talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, oilaviy qadriyatlar, orastalik va mehmon kutish an’analarini targ‘ib etishga qaratildi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan turli mazali va shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan salatlar tayyorlandi. Shu bilan birga, milliy an’analarimizga xos bo‘lgan mehmon kutish odoblari, xushmuomalalik va xonadon madaniyatiga oid muhim maslahatlar ham o‘rtoqlashildi.