“Mohir qo‘llar” – an’anadan hunarga

23-Iyun 2025, 12:07
Universitet yangiliklari

Azaliy urf-odatlarimiz va milliy qadriyatlarimizga tayanilgan qo‘l mehnati san’ati asrlar davomida chevar ayollar mahorati bilan boyib, nafosat kasb etmoqda. Bugungi kunda esa milliy uslubda yaratilayotgan taqinchoqlar, sumkalar va bezakli buyumlar talaba-qizlarimizning eng sevimli mashg‘ulotlaridan biriga aylandi. Munchoqlar bilan bezatilgan kelinlik taqinchoqlari, zamonaviy dizayndagi sumkalar va aksessuarlar uchun maxsus moslamalar xaridorgir mahsulot sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu jarayon “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda hunar va mehnatga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Qarshi davlat universitetidagi “Mohir qo‘llar” to‘garagi a’zolari buyurtma asosida mahsulot tayyorlash bilan birga, o‘zlariga daromad olish imkoniyatini ham yaratishmoqda. Ular hunarmandchilik orqali milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.