
“Chevar qizlar” – hunar, mehnat, daromad
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab “Dolzarb 90 kunlik” dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur doirasida Qarshi davlat universitetida ham talabalar uchun keng qamrovli tadbirlar, to‘garaklar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Jumladan, “Chevar qizlar” to‘garagi o‘z faoliyatini jadal davom ettirmoqda. To‘garak ishtirokchilari nafaqat chevarlik sir-asrorlarini o‘rganmoqda, balki amaliyotda o‘z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniga ham ega bo‘lmoqdalar. Qizlar tikish-chevarlik orqali kelgusi o‘quv yilida talabalar turar joylari uchun choyshablar tayyorlash ishlariga hissa qo‘shishi, shu bilan birga mehnat orqali o‘zlari uchun qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lishlari ko‘zda tutilgan. Bu kabi amaliy tashabbuslar yoshlarning ijodiy va foydali faoliyatga jalb etilishi, mehnatga bo‘lgan munosabatini shakllantirishi va ularning kelajakda mustaqil hayotga tayyorgarligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.