“Turkiston bolalari” spektakli: Jadidlarning orzusi – bugungi haqiqat

6-May 2025, 11:00
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari viloyat musiqali drama teatrida “Turkiston bolalari” spektaklini tomosha qildilar. Asar 1922–1937 yillarda Germaniyada tahsil olgan jadid yoshlarning og‘ir, ammo fidokorona hayotini yoritadi. Spektakl asosiy g‘oyasi — “Najot – ilmda!” shiori atrofida shakllangan bo‘lib, u o‘z ilm-fani bilan yurtga xizmat qilmoqchi bo‘lgan yoshlar fojiasini sahnaga olib chiqadi.  Tarixiy xotira, vatanparvarlik va ajdodlar orzusini davom ettirish bugungi yoshlarga murojaat sifatida yangraydi. Viloyat teatrining iqtidorli aktyorlari ijrosi tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.