Jamoa shartnomasi qabul qilindi

20-Mart 2025, 06:07
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti ma’muriyati hamda universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi bo‘yicha hisoboti va 2025-2027-yillar uchun qabul qilinadigan yangi jamoa shartnomasi muhokamasiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish (konferensiya) bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilish kun tartibidan Qarshi davlat universiteti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi, 2023-2025-yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib boruvchi nazorat komissiyasining dalolatnomasini tasdiqlash,  shuningdek, Qarshi davlat universiteti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2025-2027-yillar uchun qabul qilinadigan jamoa shartnomasining loyihasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar o‘rin oldi. Konferensiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Kuziyev (ish beruvchi nomidan) hamda kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Norov (qo‘mita nomidan) hisobot-ma’ruza qildilar. Yig‘ilish muzokaralarga boy tarzda qizg‘in o‘tdi. Universitet professor-o‘qituvchilaridan G.Erkayeva, L.Beknazarova, N.Azizova, A.Sultonov va boshqalar qabul qilinajak yangi jamoa shartnomasiga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan qo‘shimcha tarzda kiritilishi zarur bo‘lgan moddalar, bandlar va jumlalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Yig‘ilish qaroriga binoan universitet ma’muriyati hamda universitet kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining loyihasi ma’qullandi va qabul qilindi. Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qashqadaryo viloyatidagi mas’ul tashkilotchisi Kubayev Shodmon Rabbimovich ishtirok etdi.