Faxriylar va yoshlar uchrashuvi

20-Mart 2025, 06:04
Universitet yangiliklari

San’atshunoslik fakultetida arxitektura (sohalar bo‘yicha) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Faxriylar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Tasviriy san’at va muhandisik grafikasi kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirga Qashqadaryo viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i R.Shaymardanov hamda arxitektura-qurilish sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan qurilish muhandisi M.Radjabov taklif etildi. Uchrashuv mehmonlari jamiyat rivojida arxitektura va qurilish sohalarining o‘rni, ahamiyati to‘g‘risida gapirdilar. Yaxshi arxitektor yoki quruvchi bo‘lish uchun soha bo'yicha nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, zamon talabi bo‘lgan kompyuter grafika dasturlarida bemalol ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish lozim. Sifatli ta’lim uchun universitetda barcha imkoniyatlar yaratilganligi e’tirof etildi. Muloqot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.