“Men sevgan asar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
1-sonli talabalar turar joyida “Kitobxon ona – kitobxon bola” shiori ostida “Men sevgan asar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Xorijiy tillar fakulteti talaba-qizlari o‘zlari sevib o‘qigan asarlari bo‘yicha fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Universitet Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig'i Sh.Karamova, fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N.Suyarova ishtirokchilarning kitobxonlik mahoratini yuqori baholashdi. Aytish mumkin, ushbu davra suhbati yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy faolligini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tadbir yakunida faol qatnashchilar taqdirlandi.