Qarshi davlat universitetining xorijiy hamkorlar bilan amalda tuzilgan shartnoma, bitim, memorandum va protokollar asosida bajarilgan ishlar.
Qarshi davlat universiteti chet el grantlari va xorijiy loyihalar bо‘yicha faoliyati – Yevropa Ittifoqining TEMPUS IV dasturining «QARD: Yetakchi akademik liderlarning kasbiy malakasini oshirish orqali ta’limda sifat tizimini takomillashtirish» hamda «UzDOC: О‘zbekiston oliy ta’lim muassalari doktorantura tizimi sifatini oshirish» loyihasi, Koreyaning KOICA tashkilotining “Volontyorlar dasturi”, Buyuk Britaniyaning (British Council) “PRESETT dasturi”, Germaniya elchixonasiga qarashli Toshkendagi Gyote instituti, Fransiya elchixonasiga qarashli Fransiya instituti orqali davom etmoqda.
Universitetda Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalari ( batafsil ma’lumotlarni neo@erasmusplus.uz, http://www.tempus.uz veb-saytlardan olishingiz mumkin.)
«QARD: Yetakchi akademik liderlarning kasbiy malakasini oshirish orqali ta’limda sifat tizimini takomillashtirish»
Loyiha maqsadi:
Universitet va vazirlik darajasida ta’lim jarayoni va sifat ta’minoti jarayonini tizimlash hamda mustahkamlashga kо‘maklashish
Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan Bolonya jarayoni va xalqaro standartlar kontekstida ta’lim sifatini ta’minlash tizimi amaliyoti integrasiyasi bо‘yicha uzoq muddatli hamkorlik
О‘zbekiston Oliy ta’limi sohasida ta’lim sifatini ta’minlash milliy tizimini shakllantirish
О‘quv dasturlarini takomillashtirishyaratish orqali akademik tarkibning kasbiy malakasini oshirishga kо‘maklashish
Loyiha muddati: 3 yil (15.11.2011- 15.11.2014 yy).
Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlarni www.qapd.uz saytidan olishingiz mumkin
544134-TEMPUS-1-2013-1-BE-TEMPUS-SMGR «UzDOC: О‘zbekiston oliy ta’lim muassalari doktorantura tizimi sifatini oshirish»
Loyiha maqsadi:
Yevropa oliy ta’lim tizimining tamoyillariga muvofiq holda О‘zbekistonda doktorantura tizimining sifat bosqichini oshirish;
Loyiha muddati: 3 yil (15.11.2013- 15.11.2017 yy)
Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlarni http://uzdoc.eu saytidan olishingiz mumkin
Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi KOICA tashkilotining “Volontyorlar dasturi” bo‘yicha hamkorligi
2010 yil 21 yanvardan buyon davom etmoqda. Koreya elchixonasiga qarashli KOICA tashkiloti bilan hamkorlik 2010 yil 21 yanvardan volontyorlar dasturi shartnoma tuzilgan bo‘lib, hozirga qadar universitetda 7 ta volontyor faoliyat ko‘rsatdi, ya’ni 5ta koreys tili bo‘yicha - Park Jungeun, Li Jeongyun, Park Eun Suk, Cho Gyongxva, Xvan Dok Ran va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha Kim Hyunjin, Cho A Ran. KOICA tashkiloti volontyor Kim Hyunjin tomonidan 2014 yil may oyida 20 000 AQSH dollar hajmida “Kompyuter texnologiyalar kabineti jihozlash” bо‘yicha loyiha ishlari amalga oshirildi. 2014 yilning 8 iyul kuni KOICA tashkiloti direktori janob Lee Kyung-Sang va tarjimon Malika Raximova va universitet rektori L.X.Yoziyev, universitet professor- о‘qituvchilari, koreys tili volontyorlari ishtirokida Kompyuter texnologiyalari kabinetini rasmiy ochilishi о‘tkazildi. Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi www.koica.go.kr veb-sayti orqali olishingiz mumkin.
Buyuk Britaniyaning (British Council) “PRESETT dasturi”
Vazirlikning 19.08.2009 yildagi №87-02-1354-sonli modemogrammasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya Kengashi o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq amaldagi ingliz tilini maxsus oliy ta’lim muassasalarida va ushbu tildagi mutaxassis tayyorlovchi universitetlarning fakultetlarda o‘qitish, xalqaro standartlar darajasiga yetkazish loyiha doirasida universitetning Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining o‘qituvchilaridan G.To‘rayeva, N.Amirqulova, N.Jumayeva, M.Doniyeva, G.Elmurodova, G.Ergasheva, SH.Nashirova va boshqalar faoliyat yuritib kelmoqdalar. Hozirgi kunda Xorojiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti bo‘limida 4ta eksperimental guruhda talabalar britaniya uslubi asosida mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2013-2014 o‘quv yilida britaniya uslubi asosida tayyorlangan ikkinchi eksperimental guruhi talabalari bitiruv malakaviy kurslarini muvaffaqiyatli himoya qilib, yakuniy davlat attestasiyasidan o‘tkazildilar.
Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi veb-sayti orqali olishingiz mumkin:
https://www.facebook.com/BritishCouncilUzbekistan
4.Germaniya elchixonasiga qarashli Toshkendagi Gyote instituti bilan hamkorlikligi 2002 yildan buyon davom etib kelmoqda. Gyote instituti tomonidan universitetning nemis tili bo‘limiga o‘quv darsliklar, professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlar, stipendial dasturlar doirasida konkurslar o‘tkazilgan. Hozirgi kunga qadar Gyote instituti sovrindorlari 4ta nemis tili mutaxassislari faoliyat yuritib kelmoqda. Bular roman-german filologiyasi kafedrasining yetakchi o‘qituvchilari Gulchehra Sodiqova, Anvar Axmedov, Quvonova Shaxnoza va Maxmudova Nigora. Jumladan, 2013 yilda Quvonova Shaxnoza va Maxmudova Nigoralar Gyote institutining grantiga sazovor bo‘ldilar.
Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi veb-sayti orqali olishingiz mumkin:
http://www.goethe.de/ins/uz/ru/tas.html
5. Germaniya elchixonasiga qarashli DAAD (Germaniyaning akademik almashinuv xizmati) tashkiloti bilan hamkorligi 2000yildan buyon davom etib kelmoqda. DAAD tashkiloti tomonidan universitetning nemis tili bo‘limiga o‘quv darsliklar, professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlar, stipendial dasturlar doirasida konkurslar o‘tkazilgan. Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi veb-sayti orqali olishingiz mumkin:
http://www.goethe.de/ins/uz/ru/tas.html
6. Universitetning Fransiya elchixonasiga qarashli Fransiya instituti bilan hamkorligi 2001 yildan buyon davom etib kelmoqda. Fransiya instituti tomonidan universitetning fransuz tili bo‘limiga o‘quv darsliklar, professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlar, stipendial dasturlar doirasida konkurslar o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875 qarori hamda OO‘MTVning 2013-yil 6-maydagi 147-sonli buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida Fransiya instituti tomonidan fransuz tilidan dars berayotgan professor-o‘qituvchilari uchun 20-24 may kunlari Qarshi davlat universitetida o‘quv seminarlar tashkil etildi. Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi veb-sayti orqali olishingiz mumkin:
https://www.fasebook.com/institutfrancaisouzbekistan;
http://www.ambafrance-uz.org