Kafedra mudiri: fizika–matematika fanlari falsafa doktori (PhD)
Qurbonov Abdulla Kenjayevich
Telefon: (+998 97) 757-07-59
Elektron manzili: abdulla101926@mail.ru
Kafedra tarixi
2021-yilda «Umumiy fizika» kafedrasi tashkil topdi. Kafedrada 1 ta professor, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 2 ta fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD), 7 ta assistant o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilmiy salohiyat – 46 %. «Umumiy fizika» kafedrasi 60530900 - Fizika yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Kafedrada «70530901 - Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha: optika, magnitooptika, molekulyar optika)» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud.
Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida ikkita zamonaviy axborot-kommunikatsiya va multimedia vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali mavjud. Kafedraga hozirgi kunda PhD.A.Qurbonov rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada ilmiy salohiyatni oshirish uchun barcha yosh o‘qituvchilar tajribali o‘qituvchilarga biriktirilgan. 3 nafar o‘qituvchi doktorlik ilmiy ishi ustida ishlamoqda. Kafedra qoshida ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedra O‘zR FA Astronomiya instituti, Samarqand davlat universitetining "Optika" kafedrasi, O‘zbekiston Milliy universitetining "Optika" kafedrasi, O‘zRFAning Yadro fizikasi, Ion-plazma va lazer texnologiyasi, Polimerlar fizikasi va kimyosi institutlari va ko‘pgina respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik asosida faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari kafedraning MDH mamlakatlari Oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari ham mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilari Sankt-Peterburg universiteti, Kiyev Milliy universitetlari professorlari bilan hamkorlikda maqolalar chop ettirishmoqda va tashrif buyurishib darslar o’tmoqda. 2021-2022 o‘quv yilida Kiyev Milliy universiteti professori I.Yu. Doroshenka hamda dotsentlar A.P.Naumenko, V.S. Kudryalar ZOOM platformasi orqali talabalarga va yosh olimlarga ma’ruzalar o’qishmoqda.
Ishlab chiqarish korxonalaridan Muborak gazni qayta ishlash korxonasi xodimlari bilan shartnoma asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedra qoshida “Yosh fiziklar” to‘garagi faoliyat ko‘rsatadi, unga 20 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan.
Kafedrada 5 ta o‘quv laboratoriyasi mavjud. Bundan tashqari "Molekulyar spektroskopiya" va geliotexnika sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Magistrlar magistrlik dissertatsiyalarini bajarishmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qaroriga ko‘ra laboratoriyalarimiz O‘zbekiston Respublikasi Оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini rivojlantirish fondi tomonidan Germaniyada ishlab chiqarilgan yangi laboratoriya jihozlari bilan jihozlandi.
Kafedrada ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra tashkilotchiligida har 5 yilda Qarshi davlat universitetida Respublika miqyosida «Zamonaviy fizika va astronomiyaning dolzarb muammolari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. 2020-yilda kafedra tomonidan Respublika miqyosida Xalqaro qatnashchilar ishtirokida konferensiya o‘tkazildi. Oxirgi 3 yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 2 ta elektron darslik, 4 ta o‘quv qo’llanma, 3 ta monоgrafiya muvofiqlashtiruvchi kengash ruxsatnomasi bilan chop etildi. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar esa dunyoning nufuzli jurnallarida chop etildi.
Kafedra a’zolari Хalqaro, respublika, viloyat va universitet miqyosida o‘tkazib kelinayotgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zlarining maqola va tezislari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar. Masalan, dots. B. Qo‘yliyev Qrimda har ikki yilda bo‘ladigan Хalqaro konferensiyada doimiy ravishda o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib kelmoqda.
“Kristallar va molekulalar spektroskopiyasi” XXI Хalqaro konferensiya.
Dotsent B.T.Qo‘yliyev (o‘rtada), Professor A.Koll (o‘ngda, Polsha), professor S.F.Bureyko (chapda, Rossiya, Sankt-Peterburg universiteti)
Konferensiyalardan lavhalar
2015-2017- yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2 ta amaliy loyiha bajarildi, shuningdek 2018-2020-yillarga rejalashtirilgan bitta amaliy loyiha bajarildi.
Kafedraning ikkita professor-o‘qituvchisi B.E.Xayriddinov, B.T.Qo‘yliyevlar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiladigan ixtisoslashgan ilmiy kengashga a’zodirlar.
Kafedrada reja asosida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib boriladi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan lavhalar
2017 yil 20-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ №2909-sonli qarori hamda 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarordan kelib chiqib kafedrada kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi. Ular quyidagilar:
Ilmiy salohiyatni oshirish.
Moddiy texnik bazani zamonaviylashtirish.
Ta’lim jarayoniga Xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish.
Kafedrada ilmiy salohiyatni oshirish uchun yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladigan ilm-fanni yanada rivojlantirish, uni ishlab chiqarish korxonalaridagi muammolar bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish.
Ilmiy tadqiqot ishlarning samaradorligini oshirish va sohalardagi muammolarni yechish.
Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga muntazam ravishda jalb qilish.
Kafedraning ilmiy darajali professor-o‘qituvchilari:
1. B.E. Xayriddinov T.f.d. professor
2. B.T.Qo`yliyev F-m.f.n. dotsent
3. N.S. Xolmirzayev T.f.n. dotsent
4. G.S. Uzoqova P.f.n. dotsent
5. A.K.Qurbonov PhD. katta o`qituvchi
6. Y.Toshmurodov PhD. katta o`qituvchi