Adabiyotshunoslik kafedrasi

4 June, 2021

Kafedra mudiri: Filologiya fanlari doktori, professor

Shodmonov Nafas Namozovich

Telefon: (+998 97) 311-06-26

Elektron manzili: nafasxon-622@mail.ru

Kafedra haqida

Adabiyotshunoslik kafedrasi 1964-yildan mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi. Kafedrada professor va fan nomzodlaridan A.SHermatov, V.Tohirzoda, A.Qahhorov, X.Rizayeva, O.Ikromov, A.Rasulov, T.Bozorov, F.Eshimov, P.Ravshanov, B.Yo‘ldoshev, D.To‘rayev, G.Imomovalar uzoq yillar mudirlik vazifasida ishlaganlar. 2014-yil 29-maydan kafedrani filologiya fanlari doktori Nafas Namozovich Shodmonov boshqarmoqda.

Kafedrada 24 nafar professor-o‘qituvchi, shundan 3 nafar fan doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 5 nafar Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta o‘qituvchi, 3 nafar Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 1 nafar katta o‘qituvchi va 6 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada ilmiy salohiyat 75 % bo‘lib, fan doktorlarining o‘rtacha yoshi – 60, fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi – 45 yoshni tashkil etadi.

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilaridan filologiya fanlari doktori N.N.Shodmonov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari prof. D.To‘rayev, prof. B.Yo‘ldoshev; filologiya fanlari nomzodi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni hamda “Jasorat” medali sohibi A.Ergashev, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar G.Imomova, Sh.Qahhorova, N.Ochilov filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar S.Mo‘minova, Sh.Karomova, S.Jumayeva, R.Jumayev, M.Rahmonova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari N.Sultonova, R.Fayzullayeva, G.Ravshanova, O.Avaznazarov, Z.Namozova, N.Cho‘liyevalar, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi N.Umarova, katta o‘qituvchilar, B.Rizayev, F.Qiyomov hamda assistent o‘qituvchilar B.Siddiqov, M.Rayhonova, Sh.Akramov, M.Tilovova, S.Shodiyevalar talabalarga saboq berish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar. Bulardan tashqari, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti professori, f.f.d. M.Jo‘rayev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professorlari, filologiya fanlari doktorlari N.Jabborov va U.Jo‘raqulovlar ham o‘rindoshlik asosida kafedrada faoliyat ko‘rsatadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ko‘p yillik faoliyati davomida ko‘plab ilmiy monografiyalar, risolalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi.

2018-yildan buyon kafedrada universitet huzurida ochilgan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash o‘z faoliyatini yuritmoqda. 2020-yilning yanvar oyiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan 21 nafar ilmiy tadqiqotchi o‘z dissertatsiyalarini munosib himoya qilib, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi Sh.Hojiyeva QarshiDU tadqiqotchisi sifatida f.f.d. N.Shodmonov rahbarligida “Cho‘lpon she’riyatida poetik tafakkurning yangilanish tamoyillari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini munosib himoya qildi.

2020-yil mobaynida, ya’ni bir yilning o‘zida  kafedra a’zolaridan N.Sultonova, G.Ravshanova, R.Fayzullayeva, B.Rizayev, Z.Namozova, O.Avaznazarov, N.Cho‘liyevalar, jami 7 ta tadqiqotchi Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasi uchun yozilgan ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Natijada kafedra ilmiy salohiyati bo‘yicha O‘zbekistonning yetakchi universitetlarining yuqori salohiyatli kafedralari qatoridan joy oldi.

Kafedra O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zMU, TDPU, BuxDU, SamDU, TerDU kabi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Qolaversa, kafedra o‘qituvchisi B.Siddiqov Tibilisi universiteti professori, gruziyalik taniqli arabshunos Guram Galaktionovich Chikovani rahbarligida “Qashqadaryo arablari folklor namunalarining saqlanish holati” mavzusida erkin tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedra qoshida “Ijod gulshani” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib, unga 40 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqot ishi mavzulari berilgan. Bundan tashqari, kafedra yetakchiligida universitetning “Ziyo” talabalar teatr studiyasi respublika miqyosidagi tanlovlarda muvaffaqqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘quv jarayonini tashkil etishga amaliy yordam berish uchun kafedraning malakali o‘qituvchilari biriktirilgan.

Kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman va ko‘rik tanlovlarga o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib kelishmoqda. Har yili kafedra a’zolari tashabbusi bilan adabiy fanlar dolzarb muammolariga bag‘ishlangan respublika va vazirlik miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Jumladan, “Adabiy manba: o‘rganishnining zamonaviy tamoyillari va nashr muammolari”, “O‘zbek adabiyotshunosligida tahlil va talqin muammolari”, “O‘zbek matnshunosligining nazariy va amaliy muammolari”, “Abdulla Oripov fenomeni va o‘zbek she’riyati taraqqiyoti” kabi mavzularda ilmiy anjumanlar doimiy o‘tkazilib boradi. Shuningdek, kafedra Ahmadjon Meliboyev, Nazar Eshonqul, Erkin A’zam, Usmon Azim, Xurshid Davron, Hol Muhammad Hasan, Qahhor baxshi Rahimov kabi respublikaning taniqli shoir va yozuvchi, baxshilari bilan muntazam aloqa o‘rnatgan.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: “Adabiy hodisalarning tarixiy tadriji va nazariy taraqqiyoti masalalarini o‘rganish”.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat

O‘zbek folklori

O‘zbek adabiyoti tarixi

Adabiyotshunoslik nazariyasi

Jahon va turkiy xalqlar adabiyoti

Matnshunoslik asoslari

Navoiyshunoslik

Adabiyot o‘qitish metodikasi

Aruz asoslari

Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiy tanqid tarixi

Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari

Adabiyot - (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun)

Bolalar adabiyoti ( maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun)

Fors tili

Fors tili (tarix yo‘nalishi uchun)

Magistratura

Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi

Mumtoz adabiyotning asosiy yo‘nalishlari

Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy asoslari

Adabiy tur va janrlar estetikasi

Nutq madaniyati 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi

Shodmonov Nafas Namozovich – filologiya fanlari doktori, kafedra mudiri

To‘rayev Damin – filologiya fanlari doktori, professor

Yo‘ldoshev Boynazar – filologiya fanlari doktori, professor

Imomova Gulchehra Muhammadiyevna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Ergashev Abdiolim – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Mo‘minova Saodat Aralovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Qahhorova Shahnoza Abdimo‘minovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Karomova Shohida Lutfullayevna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Jumayeva Salima Cho‘yanovna – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Jumayev Rashid Normurodovich – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi

Rizayev Baxtiyor Xolliyevich – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi

Sultonova Nilufar Narzullayevna – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi

Ravshanova Gulrux Qahramonovna – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi

Fayzullayeva Rayxon Muhammadiyevna – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi

Avaznazarov Odiljon Rahmatulloyevich – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Cho‘liyeva Nilufar A’zam qizi – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Namozova Zilola Bozorovna – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Qiyomov Farhod Raupovich – katta o‘qituvchi

Rayhonova Muhayyo Muhammadiyevna – o‘qituvchi

Umarova Nilufar Turapovna – o‘qituvchi

Siddiqov Baxtiyor – o‘qituvchi

Akramov SHerzod – o‘qituvchi

Tilovova Muyassar – o‘qituvchi

Shodiyeva Surayyo – o‘qituvchi 

Kafedra ilmiy tadqiqotchilari tarkibi hamda ilmiy mavzulari:

Nuriddinov Shahobiddin Boboyorovich – doktorant, “Komil Xorazmiy devonining ilmiy-tanqidiy matni, matn tarixi va germenevtikasi”

Shodmonov G‘iyosiddin Nafasovich – tayanch doktorant, “Porso Shamsiyev ilmiy labaratoriyasi tadqiq usullari, tamoyillari, matnshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni”